Obuna bo'ling

🌸 Fasllar kelinchagi — Bahor! 🌸

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Urganch filialida bahorning tarovatli kunlari munosabati bilan "Xush kelibsan go'zal -Navro'zim” shiori ostida sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Mazkur musobaqalar o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, do‘stona va ko‘tarinki ruhda musobaqalarda ishtirok etmoqdalar.
🌿 Bahorning iliq nafasi, quvonch va shijoatga boy sport bahslari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Urganch filiali
— yoshlar kamoloti yo‘lida! 🌱⚽️