

Mazkur sinov imtihonlari o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, xalqaro standartdagi test jarayoniga moslashish hamda kelgusida yuqori natijalarga erishishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Imtihon jarayonida o‘quvchilar belgilangan vaqt davomida test topshiriqlarini diqqat bilan bajarib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
✨ Bunday sinovlar o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash bilan birga, ularni xalqaro imtihonlarga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.