
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Urganch filialida bahorning tarovatli kunlari munosabati bilan
"Xush kelibsan go'zal -Navro'zim” shiori ostida, sportning stol tennisi musobaqalari bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqalar o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
🏓Bellashuvlar davomida o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, do‘stona va ko‘tarinki ruhda musobaqalarda ishtirok etidilar
🌿 Bahorning iliq nafasi, quvonch va shijoatga boy sport bahslari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.